Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi

Загрузил: Botir_XOLIQOV , Опубликовано: 2017-10-14 10:57

Просмотры: V 1076

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 11 oktyabr kuni bo‘ldi. Sochidagi Xalqaro kongresslar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi. Dastlab MDH davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Unda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ushbu xalqaro tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

  • 4 D

Комментарии

Только пользователи со статусом могут оставлять комментарии!




Комментариев пока нет