Узбеки открыли Америку первым - Михаил Задорнов

Загрузил: Botir_XOLIQOV , Опубликовано: 2017-11-12 13:19

Категории: Юмор,  

Просмотры: V 1448

Marhum Mixail Zadornovning Amerikani o‘zbeklar kashf qilgani haqidagi hazili Rossiyalik yozuvchi va kulgi ustasi Mixail Zadornov 10-noyabr kuni 69 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. REN TVda “Anshlag” ko‘rsatuvini olib borgan Zadornov o‘z vaqtida Amerika qit’asini Xristofor Kolumbdan oldin o‘zbekistonlik amir kashf qilgani haqida hazil qilgan edi, deb yozadi ’’Daryo.uz‘‘. ’’O‘zbekiston kompaniyalaridan biriga Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi kelishi kerak edi. O‘zbeklardan biri hazilomuz tost tayyorladi. U amerikaliklar kuladi deb o‘ylagandi. U qadah so‘zini boshladi: “Janoblar, siz tarixiy bir faktga e’tibor berganmisiz? Amerikani Kolumb kashf qilgan, ammo Amerika uning nomi bilan atalmaydi. Sababi esa Kolumbdan 200 yil oldin Amerikani o‘zbek amiri kashf qilgan. U hindular bilan do‘stlashib olgandi. U qaytib suzib ketayotganida hindular ko‘zda yosh bilan uni kuzatishgan, ammo amir o‘z ismini ularga aytmagan edi. Hindular kema ortidan “sening isming nima, seni duo qilishimiz uchun aytib ket”, dedi. U esa ularga qarab “Mening ismim ibn Said ibn… Abdurashid… Abdurahmon…”, dedi. Hindular esa “nimalar deyapsan, biz hindularmiz, biz eslab qololmaymiz, qisqarog‘i yo‘qmi?” dedi. Amir “Meni Amir aka deb chaqiring”, deb baqiribdi. Hindular uning ortidan baqirishibdi: “Amir aka, Amir-akaaaa”. Shu tariqa “Amerika” so‘zi paydo bo‘lgan”. Bu hazilga o‘sha kompaniyadagi barcha o‘zbeklar kulishgan. Faqat amerikaliklar kulishmagan. Amerika elchisi bir hafta ma’lumotnomalarni titkilagan’’ - deydi kulgi ustasi Mixail Zadornov.

  • 5 D

Комментарии

Только пользователи со статусом могут оставлять комментарии!




Комментариев пока нет