EKSKLYUZIV: Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Janubiy Koreyada

Загрузил: Botir_XOLIQOV , Опубликовано: 2017-11-23 08:02

Просмотры: V 2206

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatiga tayanib ’’Daryo.uz‘‘. Seul xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston — Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

  • 3 D

Комментарии

Только пользователи со статусом могут оставлять комментарии!




Комментариев пока нет